O‘zbekistonda nechta shifoxona bor?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 1 987 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 15 taga ko‘paygan.
Shifoxona muassasalarining 1 384 tasi kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ekti hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur davrda respublikada 8 912 ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning 5 929 tasi kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ekti sifatida faoliyat yuritgan. Ularning soni 2024-yilga nisbatan 805 taga ko‘paygan.
Shifoxona muassasalarining hududlar kesimidagi soni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 62 ta;
Andijon viloyati — 265 ta;
Buxoro viloyati — 135 ta;
Jizzax viloyati — 71 ta;
Qashqadaryo viloyati — 137 ta;
Navoiy viloyati — 45 ta;
Namangan viloyati — 201 ta;
Samarqand viloyati — 194 ta;
Surxondaryo viloyati — 96 ta;
Sirdaryo viloyati — 48 ta;
Toshkent viloyati — 146 ta;
Farg‘ona viloyati — 246 ta;
Xorazm viloyati — 84 ta;
Toshkent shahri — 240 ta.
M.Qosimova, O‘zA