O‘zbekistonda "Google Pay" xizmati ishga tushirilgani e’lon qilindi
Samarqand shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH o‘rtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida “Raqamli texnologiyalar” mavzusida panel sessiyasi tashkil etilmoqda.
Sessiya Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH davlat idoralari vakillari, shuningdek, yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi biznes dastur doirasida o‘tkazilmoqda.
Tadbirning muhim yangiliklaridan biri — “Google Cloud” ning Davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha rahbari Marcin Krasuski tomonidan “Google Pay” xizmatining O‘zbekistonda ishga tushirilgani e’lon qilindi.
N.Rahmonova, O‘zA