O‘zbekistonda avtomobillar importi 4,5 barobar oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizga 2024-yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 222,8 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 10 237 dona yengil avtomobil import qilingan.
O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar oyida eng ko‘p yengil avtomobil import qilingan davlatlar: Xitoy – 7 571 dona, Koreya – 2 373 dona, AQSH – 219 dona, boshqa davlatlar – 74 dona.
Shuningdek, mazkur vaqt ichida xorijdan qiymati 44,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 594 dona elektromobil import qilingan.
O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar oyida eng ko‘p (1577 ta) elektromobillarni Xitoydan import qilgan. BAAdan 8 dona va boshqa davlatlar 9 dona elektromobil xarid qilingan.
Ma’lumot uchun, elektromobil importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 baravarga (389 dona, 13 mln dollarga) oshgan.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA