O‘zbekistonda arxeolog ayollar faoliyati qanday?
Ma’lumotlarga ko‘ra so‘nggi 100 yil ichida O‘zbekistonda 40 nafargina arxeolog ayol faoliyat ko‘rsatgan. Juda boy tarixga ega millatimiz uchun bu juda kichik son. To‘g‘ri, bugun ular soni anchagina ortgan, ammo maqtanadigan darajada emas.
Milliy arxeologiya markazida “O‘zbekiston ayol arxeologlari” deb nomlangan ilmiy seminarda so‘nggi 80 yilda O‘zbekiston arxeologiyasi rivojida ilmiy tadqiqot olib borgan ayol arxeologlar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

—Bugungi davr hayotimizning har bir jabhasida tarix, ilm-fan, hunarmandchilik, tabobatda ayollarning ko‘magiga muhtojlik borligini isbotlamoqda, — deydi Markaz katti ilmiy xodimi Saida Ilyosova. — Ayniqsa, tariximizning xotin-qizlar o‘rganishi kerak bo‘lgan qismi juda ko‘p. Ayol ilmiy xodim, olima bo‘lishni istasa, o‘z imkoniyatlarini ko‘rsata olishi uchun sharoit yaratib beraylik.
Shuningdek, tadbirda Markaz yetakchi ilmiy xodimlari, olimlari arxeolog olimalar tomonidan olib borilishi zarur bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
N.Rahmonova,
O‘zA