O‘zbekistonda 2026 yilda 2 ming 142 ta mahallada xatlov o‘tkaziladi
Kadastr agentligi rahbarining tegishli buyrug‘i bilan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida 2026 yilda mamlakat bo‘yicha 2 ming 142 ta mahallada xatlov o‘tkazish reja-jadvali tasdiqlandi.
Mazkur reja-jadvalga muvofiq, 2026 yil davomida idora sohaviy maqsad va vazifalari bilan muvofiqlashtirilgan holda xatlov ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Har bir mahallada yer uchastkalari hamda unda joylashgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqiy holatni aniqlash, shu jumladan o‘zboshimchalik holatlarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari olib boriladi. Xatlov natijalari bo‘yicha huquqiy statusi aniqlangan ob’ektlar bo‘yicha ma’qullangan tartibda qarorlar qabul qilinadi va tegishli davlat reyestriga kiritiladi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA