O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida hashar o‘tkazildi
Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ishtirokida hashar o‘tkazildi.
Hashar davomida uyushma binosi atrofi obodonlashtirilib, uyushma binosiga tutash hudud saranjom-sarishta holatga keltirildi.

Jamoa a’zolari birgalikda uyushma binosi atrofini chiqindilardan tozalab, hududning yanada ko‘rkam va ozoda bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shdi.


Bunday umumiy mehnat tadbirlari jamoada hamjihatlik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash bilan birga, atrof-muhitni asrash va obodonlashtirishga xizmat qiladi.
N.Usmonova,
O‘zA