O‘zbekiston – Xitoy: tibbiyot sohasida manfaatli hamkorlik qilindi
Poytaxt hokimligida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sanjar Tojiyev va Xitoyning Nankin shahar xalq vakillari Doimiy qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari Xu Vanszin boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda savdo va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy almashinuvlarni kuchaytirish hamda sog‘liqni saqlash sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Xu Vanszin tibbiyot sohasida ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan hamkorlik imkoniyatlarini alohida ta’kidladi.

Tomonlar turli sohalarda bir-birining tajribasidan foydalanish orqali o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qadamlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA