O‘zbekiston – Xitoy: hamkorlik doirasida tajriba almashildi
Yaqinda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda bo‘lgan edi. Hamkorlikning davomi sifatida Xitoyning Shenchjen tadbirkor-ayollar uyushmasi rahbari Chjao Xinchju xonim boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi.
Shu munosabat bilan Yoshlar ishlari agentligida tashkil etilgan uchrashuvda delegatsiyasi a’zolari o‘zbekistonlik yosh tadbirkor ayollar bilan muloqot qildi. Dastavval delegatsiya a’zolari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyidagi «Kreativ park» imkoniyatlar va agentlik binosidagi bir qator loyiha ofislari bilan tanishdi.



Ta’lim, madaniyat, turizm, qishloq xo‘jaligi, biznes xizmatlar, xalqaro savdo, dizayn va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro tajriba hamda fikr almashildi.





Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida do‘stlik aloqalari madh etilgan madaniy dastur tashkil etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA