O‘zbekiston va Yaponiya strategik sheriklikni yanada mustahkamlamoqda
O‘zbekiston tashqi siyosiy idorasida Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Arfiya Eri xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatini izchil rivojlantirish, oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliy bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish va innovatsiya sohasida qo‘shma loyihalarni faollashtirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Uchrashuvda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasidagi hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur format mintaqa davlatlari va kun chiqar yurt o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashda muhim platforma sifatida baholandi.
Shuningdek, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, investitsiya va texnologiya hamkorligini kengaytirish yuzasidan ham fikr almashildi.
Tomonlar o‘zaro ishonch va uzoq muddatli umumiy manfaatga asoslangan sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar.
D. Hakimov, O‘zA