O‘zbekiston va Qatar yetakchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qatar Amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
O‘zbekiston – Qatar strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajadagi samarali muloqot va almashinuvlar faollashayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Telefon suhbati chog‘ida siyosiy muloqot hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni ko‘rishga kelishib olindi.
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdilar.