O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumantar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yaqin istiqbolda rejalashtirilgan tadbirlar hamda mintaqaviy kun tartibdagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
A.Alimova, O‘zA