O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari – BMTning Jenevadagi bo‘limi Bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik, barqaror rivojlanish, ekologiya va Orol dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, mamlakatimiz tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, “BMT-Ayollar” tuzilmasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
N.Abduraimova, O‘zA