ʼʼO‘zbekiston-Ukraina ta’lim forumiʼʼ bo‘lib o‘tdi
Ukraina ta’lim va fan vaziri S.Shkarlet boshchiligidagi delegatsiya 22-27 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Innoweek-2021» yillik innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibiga 12 nafar Ukraina OTMlari rektorlari ham kiritilgan. Tashrif davomida O‘zbekiston va Ukraina OTMlari rektorlari ishtirokida Toshkent, Samarqand va Buxoroda davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabatda 24 noyabr kuni Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan ʼʼO‘zbekiston-Ukraina ta’lim forumiʼʼ doirasida davra-suhbatida ikkala davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etib, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan oliygohlari to‘g‘risida ma’lumot berishdi va kelgusida ta’lim sohalari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishildi.
Forumni SamDU rektori … ochib berdi hamda professor S.Shkarlet Ukrayin hamda Samarqand OTMlari bilan xalqaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish kerakligini ta’kidladi.

So‘ngra Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori professor Jasur Rizayev hozirda tibbiyot sohasida Ukarainaning I.Ya.Gorbachevskiy nomidagi Ternopol Davlat tibbiyot universiteti, Donesk Milliy tibbiyot universiteti, A. Bogomoles nomidagi Milliy tibbiyot universiteti (Kiyev), A.I. Kolomiychenko nomidagi otolaringologiya institituti, Xalqaro Yevropa universitetlari bilan memorandum borligi, unga ko‘ra akademik mobillik doirasida amaliyotlar, vebinarlar, masterklaslar olib borlanayotganini ta’kidladi.
Jasur Rizayev delegatsiya doirasida ishtirok etayotgan rektorlardan 14-15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro olimpiyada Ukraina universitetlari talabalari borligini hamda tibbiyot universitetlarini ham bu olimpiyada qatnashishni so‘radilar.
Jasur Rizayevning ma’ruzalaridan so‘ng S.Shkarlet Ukraina bilan naqadar yuqori saviyada xalqaro aloqalar o‘rnatilganini e’tirof etib, Samarqandlik OTM rektorlaridan faollikni so‘radi.
Forum doirasida Ukrainaning Ujgorod milliy universiteti rektori professor Smolanka Vladimir bilan SamDTIda memorandum imzolandi. So‘ngra SamDTIning yangi binosi hamda ta’lim jarayoni Ukrainaning ta’lim berish strukturasi bilan o‘xshashligi undagi, SamDTI kredit modul tizimi bilan yaqindan tanishib, undagi ma’lumotlarga yuqori baho berdi. Uchrashuv davomida 90 yillik tarixni aks ettirib turgan muzeyni ko‘rib, mamnun bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz: Samarqand davlat tibbiyot institutiga 2021 yil hisobi bo‘yicha 30 ga yaqin xorijiy OTM rektorlari hamkorlik qilish bo‘yicha qiziqish bildirgan va turli sohalar bo‘yicha memorandumlar imzolagan.
Shuhrat NE’MATOV, O‘zA