O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Iordaniyani mag‘lub etdi
Iordaniyada o‘tkazilayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi mezbon Iordaniya U-20 jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari bahsni 2:1 hisobida o‘z foydalariga hal qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi taymda o‘zbekistonlik yoshlar tashabbusni qo‘lga oldi. 52-daqiqada Davron To‘laganov hisobni ochdi. Oradan 13 daqiqa o‘tib, Sirojiddin Jumadillayev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Mezbonlar uchrashuv davomida bir marta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo bu natijaga ta’sir ko‘rsatmadi. Yakunda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoliddin Rahmatullayev ushbu bahsda quyidagi asosiy tarkibga ishonch bildirdi:
Ne’matulloh Rustamjonov, Shorahim Shorahmedov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Sirojiddin Jumadillayev, Behruz Abdusattorov, Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Quvonchbek Saydaliyev, Abdulvosit Soliyev, Asilbek Abdurasulov, Davron To‘laganov.
Zaxira o‘rindig‘ida esa Odinayev, Shokirov, Hakimov, Rasuljonov, Ermanov, Olimov, Zokirjonov, Tojiboyev, Ko‘paysinov, Fayzullayev, Najmiddinov va Erimbetov joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA