O‘zbekiston –Tojikiston: hamkorlikda pillachilik rivojlanmoqda
O‘tgan yilning iyun oyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan edi.
Tashrif doirasida har ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilingan, Tojikistonda O‘zbekiston tajribasi asosida pillachilik tarmog‘ini ham keng rivojlantirish masalasi ko‘rilgan edi.

Shunga ko‘ra, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi ishchi guruhi Tojikiston Respublikasida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan qiymati o‘n million dollarlik investitsiya loyihasi bilan tanishdi.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi delegatsiyasi ayni paytdagi Tojikistonga tashrifi chog‘ida ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, intensiv tutzorlarni barpo etish, ipak qurti urug‘chiligini rivojlantirish, tut ozuqa bazasini ko‘paytirish, shuningdek, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish istiqbollarini va sohada islohotlarni amalga oshir bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA