O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining 2-tur bahslari davom etmoqda.
Mundialda debyut qilayotgan milliy terma jamoamiz 2-turda Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliyaga qarshi bahs olib bordi. Bellashuv tezkor gol bilan boshlandi. O‘yinning 6-daqiqasidayoq Krishtianu Ronaldu gol urib, hisobni ochdi. 17-daqiqaga kelib, Nuno Mendesh jarima zarbasini aniq amalga oshirib, Abduvohid Ne’matov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi. 29-daqiqada Azizjon G‘aniyev shedevr goli bilan hisobni qisqartirgan edi, biroq qo‘pollik ishlatilgani aaniqlanib, gol bekor qilindi. Bellashuvning 39-daqiqasida Ronaldu dublni rasmiylashtirib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ikkinchi bo‘limning 15-daqiqasida esa Abduvohid Ne’matov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi 4:0. 87-daqiqda zaxiradan maydonga tushgan Rafael Leau ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Uchrashuv yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va Portugaliya 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.