O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Niderlandiyaga qarshi bahsda qanday ballga loyiq ko'rildi
Uchrashuvdan so‘ng statistik portallar futbolchilarning harakatlarini baholadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida munosib o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvdan so‘ng statistik portallar futbolchilarning harakatlarini baholadi.
Terma jamoamiz safida eng yuqori baho Jahongir O‘rozov va Otabek Shukurovga nasib etdi — 6,7 ball.Quyida O‘zbekiston futbolchilarining baholari keltirilgan:
Darvozabon:— O‘tkir Yusupov — 6,3
Himoyachilar:— Rustam Ashurmatov — 6,5— Abduqodir Husanov — 6,6— Jahongir O‘rozov — 6,7
Qanot himoyachilari:— Sherzod Nasrullayev — 6,3— Farrux Sayfiyev — 6,3
Yarim himoyachilar:— Akmal Mozgovoy — 6,2— Otabek Shukurov — 6,7
Hujum orti futbolchilari:— Oston O‘runov — 6,1— Abbosbek Fayzullayev — 6,5
Hujumchi:— Eldor Shomurodov — 6,2
Shu tariqa, Niderlandiyaga qarshi bahsda O‘zbekiston terma jamoasining o‘rtacha reytingi 6,4 ballni tashkil etdi.