O‘zbekiston Superligasi. Bugun 13-tur bahslari yakunlanadi
Uchrashuvlar 20:00da start oladi.
Bugun O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan so‘nggi 2 uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
"Surxon" - "Dinamo"
O‘tgan mavsumda medallar uchun kurash olib borgan, biroq joriy mavsumda ishlari yurishmayotgan Samarqandning "Dinamo" klubi Termizning "Surxon" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 12-turda samarqandliklar "Qizilqum"ni mag‘lub etgan bo‘lsa, "tulporlar" safarda "Andijon"dan ustun kelgan edi. Turnir jadvalida ham ikki jamoa yonma-yon kelmoqda. 15 ochko to‘plagan "Surxon" 10-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, "Dinamo" 14 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
Uchrashuv "Dinamo" markaziy stadionida 20:00da boshlanadi.

"Navbahor" - "Qizilqum"
Superligadan chempionlik uchun da’vogarlardan biri sanalgan Namanganning "Navbahor" klubi Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida Navoiyning "Qizilqum" jamoasini mehmon qiladi. O‘tgan turda aynan shu stadionda "lochinlar" OKMKga alamli tarzda mag‘lub bo‘lgan edi. Navoiyliklar esa "Dinamo"ga yengilgan. Namanganliklar hozirda 20 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 5-pog‘onasini band etib turibdi. "Konchilar" esa 13 ochko bilan 13-o‘rindan joy olgan.
Bellashuv soat 20:00da start olishi rejalashtirilgan.
