O‘zbekiston shaxmat jamoasi FIDE reytingida kuchlilar qatorida e’tirof etildi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan e’lon qilingan avgust oyidagi federatsiyalar reytingida O‘zbekiston 8-o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu, ortda qolgan iyul oyi davomida mamlakatimiz erkaklar terma jamoasi a’zolarining xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishi natijasida o‘rtacha reytingi 2626 ni tashkil etgani hamda mamlakatimizda shaxmat musobaqalarining belgilangan xalqaro talablar darajasida tashkil etilayotganining amaldagi natijasi bo‘ldi.
Reytingga binoan O‘zbekiston ayollar jamoasi 204 ta milliy jamoalar orasida o‘rtacha 2238 reyting ko‘rsatkichi bilan 20-pog‘onani band etgan vaziyatda, mamlakatimiz aralash jamoasi 2432 reyting ochkosi bilan 14-o‘rinda qayd etildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA