O‘zbekiston – Saudiya: Sheriklik mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari muhim diplomatik muzokarada hamkorlikni yanada kuchaytirish yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud bilan uchrashdi. Muloqot avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda Valiahd shahzoda, Bosh vazir Muhammad bin Salmonga yo‘llangan samimiy salom va ezgu tilaklar етказилди.
Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilindi. Tomonlar muammoni hal etishda muloqot va diplomatiya muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Mamlakatlar rahbarlari tomonidan yaratilgan mustahkam asosga tayangan holda, sheriklik tobora chuqurlashib borayotgani e’tirof etildi.
Muzokara yakunida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlash va yaqin muloqotni davom ettirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib olindi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi munosabatni yanada rivojlantirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA