Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasidagi nutqi
Hurmatli Prezident Rejep Tayyip Erdoğan Janoblari!
Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!
Hurmatli konferensiya raisi!
Xonimlar va janoblar!
Avvalambor, Örta yer dengizining gavhari bölmiş Antaliyada bizga körsatilayotgan anʼanaviy mehmondöstlik uçun Turkiya Respublikasi Prezidenti, qadrli birodarim Rejep Tayyip Erdoğan Janobi Oliylariga çin qalbdan minnatdorlik bildiraman.
Turkiya va Avstraliya hamraisligida anjumanga yuqori darajada tayyorgarlik körilganini alohida eʼtirof etmoqçiman.
Özbekiston iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça global saʼy-harakatlarni izçil qöllab-quvvatlab kelmoqda. Biz yangi taraqqiyot modelimizni “yaşil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda quryapmiz. Iqtisodiyot tarmoqlarida uglerod sarfini jadal surʼatda kamaytiryapmiz. Mamlakatimiz yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan gaz çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi.
Biz 2035-yilga borib zararli çiqindilarni 50 foizga kamaytiriş böyiça yangi marrani belgiladik. Taraqqiyot va tabiat qonunlari örtasida buzilgan muvozanatni tiklaş “yaşil” energiya hajmini muntazam oşirib borişni talab etadi. Yaqin tört yilda Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalarining uluşi 54 foizga yetkaziladi.
Biz öz oldimizga suvdan oqilona foydalaniş böyiça ham qatʼiy majburiyat qöyganmiz. Bu boradagi saʼy-harakatlarimiz allaqaçon ijobiy natija bermoqda. Ön yil içida iqtisodiyotimizda suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beşdan bir qismga kamaydi. Suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etildi.
Kelgusi yildan Özbekiston Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi. Transçegaraviy havzalarni boşqarişdek masʼuliyatli vazifani yuqori saviyada amalga oşirişga tayyormiz. Şu bilan birga, yerlarni keng kölamda qayta tiklaş işlarini olib boryapmiz. Mamlakatimizda örmonlar maydoni olti million gektarga köpaytirildi, uning uçdan bir qismi Orolböyi hududiga töğri keladi.
Bundan taşqari, uç milliard dollardan ortiq investitsiya yönaltiriladigan “Çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi”ni joriy etdik.
Özbekistonda yuritilayotgan davlat siyosatida yoşlar masalasi markaziy örin tutadi. Xalqimizda “Daraxtdan meva olaman desang, uni nihol paytidan boşlab parvariş qil” degan maqol bor.
Mamlakatimizda bolalarning ekologik tarbiyasi oila, mahalla va maktab faoliyatining uyğunligi asosida yölga qöyilgan. Yoş avlodga suvni tejaş, daraxtlarni parvariş qiliş, atrof-muhitni toza va ozoda saqlaş boğçadanoq örgatiladi.
Yurtimizning har beşinçi fuqarosi maktab öquvçisi yoki talabadir. Tizimli ekologik taʼlim-tarbiya tufayli 2050-yilga borib, Özbekiston aholisining törtdan uç qismi tabiatni asraş böyiça puxta bilimga ega böladi.
Qadrli döstlar!
Iqlim muammolariga heç bir davlat yolğiz holda yeçim topa olmaydi.
Markaziy Osiyoda muzliklarning erişi, suv tanqisligi, qurğoqçilik kabi xatarlarning kölami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan muştarak harakatlarni talab qiladi. Şu bois, Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusini ilgari suramiz. Uşbu hamkorlikni uçta asosiy yönalişdan boşlaşni taklif qilaman.
Birinçisi – axborot yönalişi.
Bu borada Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisida maʼlumot almaşiş infratuzilmasini yaratiş zarur. Dastlabki bosqiçda tabiiy ofatlar paytida tezkor çora-tadbirlar köriş uçun erta ogohlantiriş tizimini yölga qöyiş maqsadga muvofiq. Navbatdagi muhim qadam – sekin-asta yuzaga keladigan tabiiy ofatlarni monitoring qiliş böyiça körsatkiçlar va ularga asoslangan qöşma mexanizmlarni şakllantirişdan iborat.
Ikkinçisi – texnologik yönaliş.
“Yaşil” texnologiyalar tuproqni qayta tiklaş, qurğoqçil hududlarda uglerodni yutiş, çang va qum böronlariga qarşi kuraşişda yordam beradi.
Har yili Markaziy Osiyoning “Eco Expo” körgazmasini ötkazyapmiz. Unda ilğor tajriba, istiqbolli innovatsiyalar bilan örtoqlaşyapmiz. Biz bu körgazmani mintaqamizga mos zamonaviy ekologik yeçimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirişni maqsad qilganmiz.
Uçinçisi – moliyaviy yönaliş.
Markaziy Osiyo mahalliy şaroit va ehtiyojlar hisobga olinadigan barqaror moliya manbalariga muhtoj. Bu borada taraqqiyot banklari va maqsadli jamğarmalar bilan birgalikda Markaziy Osiyo uçun yangi kömak vositalari – imtiyozli grantlar, şuningdek, “moviy” va “arid” moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqişni taklif etamiz.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Konferensiyada iştirok etayotgan barça mamlakatlar va xalqaro tuzilmalarni Iqlim integratsiyasi modelini amaliy mazmun bilan boyitişga çaqiramiz. Uşbu hayotbaxş modelni barça manfaatdor mintaqalarda qöllaşni taklif etamiz.
Kelajak avlod uçun farovon hayot va qulay şart-şaroit yaratiş hamda ona sayyoramizni asrab-avaylaş barçamizning insoniy burçimizdir.