O‘zbekiston Qahramoni xotirasiga bag‘ishlangan seminar
Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyida O‘zbekiston Qahramoni G‘ayratdin Xo‘janiyozov xotirasiga bag‘ishlab “G‘ayratdin Xo‘janiyozov fidoyi arxeolog olim” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tarixchi va arxeolog olimlar, Qahramonning oila a’zolari, shogirdlari, muzey xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etgan seminarda olimning hayot yo‘li va arxeologiya ilmini rivojlantirishdgi salmoqli xizmati, yuksak insoniy fazilatlari xususida so‘z bordi. Xususan, soha vakillari o‘z ma’ruzasida G‘ayratdin Xo‘janiyozovning hamkasblari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan qadimiy qal’alar va arxeologik ob’ektlarda olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari, arxeologik yangiliklari, ilmiy monografiya va kitoblari haqida batafsil ma’lumot berdi.
[gallery-3138]
Seminar yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston Qahramoni G‘ayratdin Xo‘janiyozov xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan ko‘rgazma va muzey ekspozitsiya zaliga qo‘yilgan eksponatlar bilan tanishdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA