O‘zbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga keldi.
Belarus poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.


Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 9-iyul kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.


