O‘zbekiston Prezidentiga tibbiyot yo‘nalishida murojaatingiz bormi?
Prezidentimizning tibbiyot xodimlari bilan bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqotiga “Sall-markaz” hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali shu kungacha 8 ming 804 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarning 47 foizini soha rivojiga qaratilgan takliflar, 33 foizini e’tiroz va murojaatlar, 20 foizini individual masalalar tashkil etmoqda.
Xususan, murojaatlarning 3ming 213 tasi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini, 499 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati, 260 tasi tez tibbiy yordam xizmati, 169 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda 160 tasi oliy tibbiy ta’limga daxldor masalalardir.
O‘zA