Özbekiston Prezidenti Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni ösmirlar örtasida dzyudo böyiça jahon çempionati munosabati bilan mamlakatimizda bölib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerni qabul qildi.
Uçraşuvda uşbu nufuzli federatsiya bilan milliy dzyudo maktabini rivojlantiriş va yoş sportçilarni tayyorlaş borasida hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Toşkent jahonning nufuzli dzyudo markazlaridan biriga aylanib borayotgani taʼkidlandi. Sönggi uç yilda mamlakatimizda 4 ming nafardan ziyod sportçi iştirokida 10 ta xalqaro musobaqa ötkazildi. Joriy yilgi ösmirlar örtasidagi jahon çempionati esa ilk bor Özbekistonda taşkil etilmoqda.
Marius Vizer yurtimizda sportni rivojlantiriş va yoşlarni sportga keng jalb etiş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Özbekistonda yirik xalqaro musobaqalarni ötkaziş, milliy terma jamoani Los-Anjelesda bölib ötadigan Olimpiya öyinlariga tayyorlaş, mamlakatimizda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi negizida sportçilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlaş hamda sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Dzyudo böyiça ösmirlar örtasidagi jahon çempionati 19-22-noyabr kunlari Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida bölib ötadi. Unda 78 mamlakatdan 600 nafarga yaqin yoş sportçi bellaşmoqda. Musobaqalarga xorijiy mamlakatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari ham kelgan.