O‘zbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.
Vagit Alekperov davlatimiz rahbariga kompaniya tomonidan O‘zbekiston energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati haqida batafsil axborot berdi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, neft mahsulotlari chakana savdosi tarmog‘ini rivojlantirish loyihalari shular jumlasidan.
Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha rejalar ham ko‘rib chiqildi.

