O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini davom ettiradi
Jangovar tarzda o‘tgan bellashuv 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.
Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bahslari o‘zining qizg‘in pallasiga yetib kelmoqda.
Bugun turnirning chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi vakillari Janubiy koreyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushdi. Jangovar tarzda o‘tgan bellashuv 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotereyasida esa vakillarimiz 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi terma jamoamiz final chiptasi uchun Yaponiya o‘smirlari bilan kuch sinashadi.