Özbekiston-Ömon: oziq-ovqat savdosi 3 barobar oşadi, yangi zavod quriladi
Ömon Sultonligi poytaxti Masqatda Özbekiston va Ömon qişloq xöjaligi vazirlari uçraşdi. Uçraşuvda 2027-yilgaça oziq-ovqat savdosini 2-3 barobar oşiriş hamda Toşkentda 13 million dollarlik zavod quriş böyiça kelişuvga erişildi.
Muloqot çoğida 2027-yildan boşlab oziq-ovqat mahsulotlari savdosini 2–3 barobar oşiriş, yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytiriş maqsadi belgilandi. Xususan, Özbekistondan Ömonga meva-sabzavot, quritilgan mevalar, yonğoq va qayta işlangan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş, Ömon bozorida özbek mahsulotlari iştirokini kengaytiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Soha vakillari hamkorlik faqat mahsulot ayirboşlaş bilan çeklanmasligini qayd etdi. Tomonlar örtasida qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, qadoqlaş, baliqçilik, organik öğit işlab çiqariş va boşqa yönalişlarda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatlari ham körib çiqildi. Hamkorlikning eng eʼtiborli loyihalaridan biri — Toşkentdagi texnopark hududida maxsus suyuq öğitlar va biologik vositalar işlab çiqaradigan zavod qurilişi.

Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Harvest Circular Agri-Tech” kompaniyasi asosçisi Muhammad Saad Ali bilan uçraşuvida qayd etilişiça, Toşkentdagi texnopark hududida qiymati 13 million dollar bölgan maxsus suyuq öğitlar va biologik vositalar işlab çiqaruvçi zavod barpo etiladi. Zavodning yillik işlab çiqariş quvvati 3 million litrni taşkil etadi. Loyiha doirasida 65 tagaça yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan. Uçraşuvda bor kislotasi, kalsiy, magniy va molibden asosidagi öğitlar işlab çiqariş, ekinlarni barg orqali oziqlantiriş, yaylovlar hosildorligini oşiriş hamda mahsulotlarni fermerlar uçun maqbul narxlarda yetkazib beriş masalalari muhokama qilindi.
Kompaniyaning ekin turiga qarab öğit tavsiya qiluvçi raqamli platformasini “Agrokömakçi” ilovasiga integratsiya qiliş masalasida kelişuvga erişildi. Bu fermerlarga ekin ehtiyojidan kelib çiqib, tegişli öğitlarni tanlaş imkonini berişi mumkin. Mazkur taşabbus import örnini bosiş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş va fermerlar xarajatlarini kamaytiriş bilan birga, kelgusida mahsulotlarni Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qiliş uçun ham zamin yaratadi.

Taşrif davomida Özbekiston delegatsiyasi Ömonning yirik xususiy kompaniyalaridan biri — “Al Tasnim Group” mutasaddilari bilan ham muzokaralar ötkazdi. Suhbat davomida Özbekistonning quruq mevalar, yonğoq, un va makaron mahsulotlarini Ömon bozoriga eksport qiliş, şuningdek, kontrakt fermerlik asosida Ömon bozori talablariga mos meva-rezavorlar yetiştiriş takliflari ilgari surildi. Bundan taşqari yurtimizning yaylov salohiyatidan foydalanib, qizil göşt işlab çiqarişni yölga qöyiş masalalari ham körib çiqildi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş, organik öğit işlab çiqariş, baliqçilik va dengiz mahsulotlari taʼminoti böyiça investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. “Özbekiston–Ömon oziq-ovqat savati”ni şakllantiriş hamda mahsulotlarni yetkazib berişda muqobil logistika yönalişlaridan foydalaniş yuzasidan ham fikr almaşildi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA