O‘zbekiston kubogining eng kuchli jamoalari aniqlandi
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlardan so‘ng yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida yuqori natija qayd etgan hududlar nomi aniqlandi.
U18 yosh toifasida Andijon viloyati jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent shahri ikkinchi, Samarqand viloyati esa uchinchi pog‘onadan joy oldi. U16 yosh toifasida Namangan viloyati vakillari eng yaxshi natijani qayd etib, kubok sohibiga aylandi. Andijon viloyati ikkinchi, Navoiy viloyati uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, U16 yosh toifasidagi musobaqa yosh sportchilarning katta qiziqishi ostida o‘tdi. Unda 350 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA