Özbekiston – Iordaniya: işonçli muloqotdan aniq iqtisodiy natijalar sari
Bir yil avval Samarqandda Özbekiston va Iordaniya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş böyiça muhim kelişuvlarga erişilgan edi. Ötgan davr mobaynida ikki tomonlama siyosiy muloqot faollaşib, Hukumatlararo qöşma komissiya hamda Işbilarmonlar kengaşi taşkil etildi, ikki mamlakat poytaxtlari örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 23-24-noyabr kunlari Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga amalga oşirayotgan davlat taşrifi mavjud siyosiy işonç va erişilgan kelişuvlarni savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda sanoat kooperatsiyasi yönalişlaridagi aniq amaliy natijalarga aylantirişga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Özbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 28-dekabrda tan olgan. Ikki mamlakat örtasidagi diplomatik munosabatlar 1993-yil 15-fevralda örnatilgan bölib, 1994-yilda Toşkent şahrida Iordaniya elçixonasi öz faoliyatini boşladi. Keyingi yillarda tomonlar savdo, havo qatnovi, soliq va bojxona sohalaridagi hamkorlikka oid muhim hujjatlarni imzoladilar.
Davlatlararo siyosiy muloqot ham bosqiçma-bosqiç rivojlanib bordi. Xususan, 2018-yilda ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlar ötkaziş töğrisida bayonnoma qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida 2019-yil sentabr oyida Ammon şahrida ilk siyosiy maslahatlaşuvlar taşkil etildi. 2023-yilda esa ikki davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi munosabati bilan özaro qutlov maktublari almaşdilar.
Özaro aloqalar 2025-yilda yangi bosqiçga kötarilib, yanada faollaşdi. Jumladan, fevral oyida Özbekiston taşqi işlar vaziri boşçiligidagi delegatsiya Iordaniyaga taşrif buyurdi. Delegatsiyani Podşoh Abdulla II ibn al-Husayn qabul qildi. Taşrif doirasida hukumat aʼzolari, qator vazirliklar hamda yirik kompaniyalar vakillari bilan samarali uçraşuvlar ötkazildi. Öşa yilning avgust oyida esa Iordaniya Podşohi davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi. Samarqandda Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan bölib ötgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qöşma bayonot qabul qilindi va 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Uşbu kelişuvlar investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş, Hukumatlararo qöşma komissiya tuziş, vizasiz safarlarni yölga qöyiş, turizm, oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va qişloq xöjaligi kabi ustuvor sohalarni qamrab oldi. Bundan taşqari, bojxona idoralari örtasida tovarlar va transport vositalari harakati töğrisida oldindan elektron maʼlumot almaşiş böyiça ham kelişuvga erişildi.
Keyingi muloqotlarda erişilgan uşbu kelişuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi. 2025-yil sentabr oyida Ammonda siyosiy maslahatlaşuvlarning ikkinçi davrasi ötkazilib, mudofaa sohasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. 2026-yilda parlamentlararo aloqalar ham sezilarli darajada kengaydi. Yanvar oyida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Iordaniya parlamenti bilan hamkorlik guruhi taşkil etildi. Fevral oyida esa Iordaniya Senati Raisi boşçiligidagi delegatsiya Toşkentga taşrif buyurdi va muzokaralar yakunida ikki mamlakat parlamentlari örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Joriy yil 6-iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Boş vaziri örinbosari, taşqi işlar va ekspatriantlar işlari böyiça vaziri Ayman as-Safadiyni qabul qildi. 7-oktabrda esa Toşkent şahrida ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning uçinçi davrasi bölib ötdi.
Bugungi kunda davlatlararo muloqot oliy rahbariyat, parlamentlar, vazirliklar va tarmoq idoralari darajasida izçil davom etmoqda. Ikki tomonlama hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy asosini 26 ta hujjat taşkil etadi. Siyosiy aloqalar faollaşuvi barobarida savdo-iqtisodiy körsatkiçlarda ham ijobiy surʼatlar közga taşlanmoqda. Xususan, 2025-yil yakunlariga köra, Özbekiston va Iordaniya örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi 8,5 million dollarni taşkil etdi. Şundan 5,4 million dollari eksport, 3,1 million dollari esa import hissasiga töğri keldi.
2026-yilning yanvar-sentabr oylarida özaro savdo hajmi 4,8 million dollarga yetdi. Bunda mamlakatimizdan Iordaniyaga 2,3 million dollarlik mahsulot eksport qilingan bölsa, import hajmi 2,5 million dollarni taşkil etdi.
Özbekiston eksporti tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari asosiy örin tutadi, Iordaniyadan esa, asosan, kimyo sanoati mahsulotlari import qilinadi. Bu holat özaro savdo nomenklaturasini kengaytiriş uçun hali foydalanilmagan katta salohiyat mavjudligini körsatadi. Ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalar tarixi uzoq yillarga borib taqaladi: 1996-yildayoq Toşkentda Iordaniya kompaniyalari mahsulotlari körgazmasi ötkazilgan, keyinçalik savdo-sanoat palatalari örtasida hamkorlik kelişuvlari imzolangan. Sönggi yillarda esa bu muloqot yangi amaliy mazmun bilan boyimoqda. Jumladan, 2025-yil sentabr oyida Ammonda Özbekiston töqimaçilik korxonalari iştirokida biznes-forum taşkil etilib, unda mahalliy mahsulotlarni Iordaniya bozoriga olib çiqiş va sanoat kooperatsiyasini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Farmatsevtika tarmoğida ham istiqbolli muzokaralar olib borilmoqda. 2025-yil sentabrda Iordaniyaning yetakçi “Dar Al-Dawa Development & Investment” kompaniyasi rahbariyati Özbekistonga taşrif buyurib, mamlakatimizda dori vositalari işlab çiqariş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini örgandi. Şu yil 30-sentabr kuni esa ikki mamlakatning investitsiya sohasiga masʼul vazirliklari vakillari Ammonda uçraşdilar. Muzokaralar yakunida oliy darajadagi kelişuvlar ijrosini tizimli muvofiqlaştirib boriş maqsadida qöşma işçi guruh tuziş töğrisida bayonnoma imzolandi.
Iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirişda transport-logistika masalasi ham muhim örin tutadi. Özbekiston va Iordaniya örtasida havo qatnovi töğrisidagi dastlabki bitim 1996-yilda imzolangan edi. 2025-yil avgust oyida mazkur hujjatga özgartiriş kiritiş böyiça bayonnoma qabul qilindi. Şu asosda 2026-yil 30-iyundan boşlab “Royal Jordanian Airlines” aviakompaniyasi Ammon va Toşkent örtasida muntazam parvozlarni yölga qöydi. Haftasiga ikki marta amalga oşirilayotgan töğridan-töğri aviaqatnovlar işbilarmonlar, sayyohlar va mutaxassislarning özaro bordi-keldisini sezilarli darajada yengillaştirib, savdo va turizm aloqalari rivojiga yangi surʼat bağişlamoqda.
Turizm sohasida ham mustahkam şartnomaviy-huquqiy zamin yaratilgan. 2025-yil avgustda ikki mamlakat hukumatlari örtasida tegişli bitim imzolangan bölsa, noyabr oyida 2026-2027-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi tasdiqlandi. Bu borada har ikki davlat ulkan salohiyatga ega, Özbekiston Samarqand, Buxoro va Xiva kabi betakror tarixiy şaharlari bilan dunyoga maşhur bölsa, Iordaniya özining Petra va Ammon kabi qadimiy meʼmoriy obidalari bilan sayyohlarni öziga jalb etadi. Şu nuqtai nazardan, madaniy-tarixiy va ziyorat turizmi özaro hamkorlikni kengaytirişning eng istiqbolli yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Ikki xalq örtasidagi azaliy tarixiy-madaniy riştalar Iordaniya zaminida bugun ham yaqqol namoyon bölmoqda. Xususan, poytaxt Ammon şahrida Samarqand va Imom Buxoriy nomidagi köçalar, Imom at-Termiziy masjidi mavjud. Şaharning qadimiy qismida joylaşgan “Al-Buxoriya” bozori ham muqaddas Buxoro nomi bilan çambarças boğliq bölib, tarixiy manbalarda uning şakllanişida buxorolik savdogarlar faol iştirok etgani qayd etilgan. Bundan taşqari, Ammonda buyuk alloma Ibn Sino nomidagi tibbiyot fanlari universiteti faoliyat yuritmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Özbekiston va Iordaniya örtasidagi köp qirrali munosabatlar bugungi kunda yuqori darajadagi siyosiy muloqot bilan birga savdo, investitsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni ham töliq qamrab olmoqda. Ayni paytda asosiy eʼtibor erişilgan kelişuvlarni hayotga izçil tatbiq etiş, özaro tovar ayirboşlaş nomenklaturasini kengaytiriş hamda sanoat kooperatsiyasini yölga qöyişga qaratilmoqda. Bu jarayon, şubhasiz, ikki mamlakat örtasidagi şeriklik aloqalarini aniq iqtisodiy loyihalar va amaliy natijalar bilan yanada boyitişga xizmat qiladi.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA muxbiri