O‘zbekiston fanining tayanchi bo‘lgan buyuk olimlar
Ilm-fan har qanday davlatning taraqqiyoti va kelajagini belgilaydigan eng muhim kuchlardan biri.
Yangi kashfiyotlar, zamonaviy texnologiyalar va jamiyat rivoji ortida olimlar mehnati turadi. O‘zbekistonda ana shu yo‘lda muhim o‘rin tutgan dargoh O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi.
1943-yilda tashkil etilgan akademiya shu kungacha yurtimiz ilm-fani, iqtisodiyoti va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bu dargohga turli yillarda o‘z sohasida katta iz qoldirgan, mamlakat ilm-fani taraqqiyoti uchun xizmat qilgan yetuk olimlar rahbarlik qilgan.
Quyida Fanlar akademiyasiga rahbarlik qilgan prezidentlar haqida ma’lumot beramiz.
Qori Niyozov Toshmuhammad Niyozovich (1943–1947 yy.)

Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti va asoschilaridan biri. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, Mehnat Qahramoni. Matematik olim. (1896–1970).
Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich (1947–1952 yy.)

Akademiya asoschilaridan biri. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, Mehnat Qahramoni va Davlat mukofoti laureati. Taniqli matematik olim. (1915–1995).
Zohidov Tesha Zohidovich (1952–1956 yy.)

Biologiya fanlari doktori, professor. Zoologiya va ekologiya fanlari bo‘yicha yirik olim, Davlat mukofoti laureati. (1906–1981).
Abdullayev Habib Muhammedovich (1956–1962 yy.)

Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor. Geologiya sohasidagi dunyoga taniqli olim, Davlat mukofotlari laureati. (1912–1962).
Oripov Ubay Oripovich (1962–1966 yy.)

Fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik. Taniqli fizik olim, Davlat mukofoti laureati. (1909–1976).
Sodiqov Obid Sodiqovich (1966–1984 yy.)

Akademiyani eng uzoq muddat boshqargan prezident. Kimyo fanlari doktori, professor. Bioorganik kimyo sohasidagi ulkan olim, Mehnat Qahramoni va Davlat mukofoti laureati. (1913–1987).
Habibullayev Po‘lat Qirg‘izboyevich (1984–1988 yy.)

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Fizika sohasidagi ko‘zga ko‘ringan olim, Davlat mukofoti laureati. (1936–2010).
Salohitdinov Mahmud Salohitdinovich (1988–1994 yy.)

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Matematika sohasidagi yirik olim, Davlat mukofoti laureati. (1933–2018).
Abdullayev Jo‘ra Abdullayevich (1994–1995 yy. v.b.)

Texnika fanlari doktori, professor, akademik. Avtomatika va axborotlashtirish sohasidagi taniqli olim. (1927–2020).
Jo‘rayev To‘xtamurad Jo‘rayevich (1995–2000 yy.)

Fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik. Matematika sohasidagi olim, Davlat mukofoti laureati. (1934–2009).
Oripov Tohir Fotihovich (2005–2006 yy. v.b.)

Biologiya fanlari doktori, professor, akademik. Bioorganik kimyo sohasidagi yetuk olim. 1945-yilda tavallud topgan.
Salixov Shavkat Ismoilovich (2006–2017 yy.)

Biologiya fanlari doktori, professor, Xitoy FA xorijiy a’zosi. Bioorganik kimyo va toksinlar sohasidagi taniqli olim. 1944-yilda tavallud topgan.
Yuldashev Behzod Sodiqovich (2000–2005 yy. va 2017–2024 yy.)

Fizika-matematika fanlari doktori, professor, Rossiya FA xorijiy a’zosi. Yadro fizikasi sohasidagi yirik olim, Davlat mukofoti laureati. (1945–2024).
HOZIRGI AMALDAGI PREZIDENT
Ayupov Shavkat Abdullayevich (2024-yildan – hozirgacha)

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, akademik, The World Academy of Sciences a’zosi. Fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Matematika sohasida jahon miqyosidagi yirik olim. Fan va texnika sohasidagi birinchi darajali Davlat mukofoti hamda “O‘zbekiston Respublikasining xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni sohibi. 1952-yilda tavallud topgan.
Nigora Rahmonova,
O‘zA