“Özbekiston ehtiromi” ordeni taʼsis etilmoqda
Senatning yigirma birinçi yalpi majlisida “Özbekiston ehtiromi” ordenini taʼsis etiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.
Mazkur masala böyiça maʼruza qilgan Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Aʼzamxöjayev mamlakatimizning oçiq va pragmatik taşqi siyosati natijasida xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalari izçil rivojlanayotganini taʼkidladi.
Bunda Özbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltiriş, döstona munosabatlarni mustahkamlaş va mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surişga munosib hissa qöşayotgan xorijiy hamkorlarning xizmatlarini eʼtirof etiş muhim ahamiyatga ega.
Qonun bilan xorijiy fuqarolarning Özbekiston bilan hamkorlikni rivojlantiriş, strategik şeriklikni mustahkamlaş, tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasini rağbatlantirişning huquqiy asoslari yaratilmoqda.
Hujjatga muvofiq, ikki darajali – “Oliy darajali Özbekiston ehtiromi” va “Özbekiston ehtiromi” ordenlarini taʼsis etiş nazarda tutilmoqda.
“Oliy darajali Özbekiston ehtiromi” ordeni Özbekiston Respublikasi oldidagi alohida eʼtirof etilgan yuksak xizmatlari uçun xorijiy davlat va hukumat, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, xorijiy davlatlarning atoqli davlat va jamoat arboblariga berilişi belgilanmoqda.
“Özbekiston ehtiromi” ordeni bilan esa mamlakatimizning xalqaro nufuzini oşiriş va turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga munosib hissa qöşgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, yirik kompaniyalar rahbarlari, xorijiy davlatlarning Özbekistondagi elçilari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari va vakillari hamda xorijiy davlatlar fuqarolari mukofotlanadi.
“Özbekiston ehtiromi” ordeni bilan taqdirlaş tartibi, u töğrisidagi nizom va tavsif mustahkamlanib, “Davlat mukofotlari töğrisida”gi qonunga tegişli özgartirişlar kiritilmoqda.
Senatorlar maʼqullagan qonun mamlakatimizning xorijiy hamkorlar bilan işonç va özaro manfaatlarga asoslangan munosabatlarini yanada mustahkamlaş, investitsiyaviy va iqtisodiy aloqalarini kengaytiriş hamda xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirişga xizmat qiladi.
N.Abduraimova,
F.Abdurasulov (surat),
ÖzA