O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiylari Yaponiyada XOQ prezidenti bilan uchrashdi
Yaponiyada davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlari davomida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov hamda World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi byurosi a’zosi, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Kirsti Koventri hamda qator nufuzli xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Samimiy kechgan uchrashuv va suhbatlarda xalqaro sport hamjamiyati doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash, sportchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish istiqbollari xususida fikr yuritildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA