Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Krasnodarda hamkorlik şartnomasini imzolaydi
Özbekiston sanʼat vakillari Rossiya Federatsiyasining Krasnodar şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar milliy musiqasiga bağişlangan I Xalqaro "Ohanglar marjoni" talabalar festivalida iştirok etmoqda.
Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari iştirok etayotgan mazkur xalqaro festivalda nafaqat milliy sanʼatimizni namoyon qiliş, balki taʼlim yönalişida ham aloqalarni rivojlantiriş közda tutilgan. Xususan, festival doirasida Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda Krasnodar davlat madaniyat instituti örtasida hamkorlik töğrisidagi şartnomani imzolaş masalasi ham rejalaştirilgan.

Uşbu taşabbus ikki oliy taʼlim muassasasi örtasida taʼlim, ilm-fan va madaniyat yönalişlaridagi aloqalarni rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş hamda istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
Şu munosabat bilan Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Sayfulla Ikramov xalqaro festivalda iştirok etiş, şuningdek, hamkorlik şartnomasini imzolaş bilan boğliq masalalarni muhokama qiliş maqsadida Krasnodar davlat madaniyat institutida bölib turibdi.
Mazkur taşrif va rejalaştirilgan hamkorlik şartnomasi institutning xalqaro aloqalarini mustahkamlaş, milliy sanʼatimiz va madaniyatimizni xalqaro miqyosda keng tarğib etiş hamda ikki tomonlama akademik va ijodiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim qadam bölişi kutilmoqda.
Hamroz Bayonov, ÖzA