O‘zbekiston Bosh vaziri Qozog‘iston Bosh vazirini tabrikladi
Joriy yilning 11 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Smailovni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Suhbat davomida Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni birgalikda izchil amalga oshirish, ochiqlik, an’anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan ko‘p qirrali strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishni davom ettirish ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining Matbuot xizmati