Özbekiston bilan öyin oldidan Saudiya Arabistoni Janubiy Koreyani yengdi
Beşta gol urilgan bahsning birinçi bölimida faqat bitta töp kiritildi.
Özbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi raqibi Saudiya Arabistoni xalqaro örtoqlik uçraşuvida Janubiy Koreya ustidan 3:2 hisobida ğalaba qozondi.
Beşta gol urilgan bahsning birinçi bölimida faqat bitta töp kiritildi. 45-daqiqada Marvan Al-Sahafiy hisobni oçib, saudiyaliklarni oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölimning dastlabki daqiqalarida Janubiy Koreya muvozanatni tiklaşga muvaffaq böldi. 48-daqiqada O Hyon Gyu raqib darvozasini işğol qildi.
Biroq Saudiya Arabistoni futbolçilari qisqa vaqt içida yana ikki bor gol urdi. Dastlab 55-daqiqada Muhammad Kanno jamoasini hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, 59-daqiqada Abdulela Al-Amri ustunlikni mustahkamladi.
Janubiy Koreya 69-daqiqada Li Çxe-Sunning goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirdi. Şunga qaramay, qolgan daqiqalarda hisob özgarmadi va saudiyaliklar 3:2 hisobidagi ğalabani tantana qildi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarşi maydonga tuşadi.
Xalqaro örtoqlik uçraşuvi
Saudiya Arabistoni — Janubiy Koreya — 3:2
Gollar: Marvan Al-Sahafiy (45), Muhammad Kanno (55), Abdulela Al-Amri (59) — O Hyon Gyu (48), Li Çxe-Sun (69).