O‘zbekiston bayrog‘i – xalqimiz iftixori, g‘ururi
Andijon shahrining Alisher Navoiy nomidagi shoh ko‘chasida ko‘kka bo‘y cho‘zgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 64 metrdan iborat bo‘lgan maxsus ustunning eng cho‘qqisiga mustahkamlangan.
Bayroqning uzunligi 14, eni 7,5 metrga teng. Og‘irligi esa 33 kilogrammni tashkil etadi.
Mamlakat bayrog‘i asrlar davomida yashab kelgan millat ruhini ifoda etuvchi milliy timsol hisoblanadi. Bayrog‘imiz qadim tariximiz, madaniy meros va an’analarimiz hamda bugungi mafkuramizni o‘zida mujassam etgan.
[gallery-4709]
Davlat bayroqlari rasman urf bo‘lganiga 650 yildan ortiq vaqt o‘tgan. Diyorimizda esa Sohibqiron Amir Temur 1370 yilda asos solgan Turon saltanatining o‘z ramzi – Temur tug‘i va tamg‘asi joriy qilingan.
Mustaqil O‘zbekistonimiz dunyo hamjamiyatining to‘laqonli a’zosi sifatida e’tirof etilgach, 1991 yilning 18 noyabrida Davlat bayrog‘i qabul qilindi. U xalqaro munosabatlarda O‘zbekistonning timsoli hisoblanadi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat), O‘zA