Özbekiston amputantlar terma jamoasi guruh bosqiçini oçkosiz yakunladi
Hamyurtlarimiz uç öyinda bitta gol urib, öz darvozasidan beşta töp ötkazdi va guruhda törtinçi örinni egalladi.
Meksikada ötayotgan amputantlar futboli böyiça jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi “E” guruhining sönggi turida Marokaşga 0:2 hisobida yutqazdi.
Beş karra jahon çempioni Özbekiston avvalgi ikki bahsda AQŞga 1:2, Urugvayga esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Hamyurtlarimiz uç öyinda bitta gol urib, öz darvozasidan beşta töp ötkazdi va guruhda törtinçi örinni egalladi.
Marokaş uçala bahsda ğalaba qozonib, 9 oçko bilan guruhda birinçi böldi. AQŞ 6 oçko bilan ikkinçi, Urugvay 3 oçko bilan uçinçi örinni egalladi.