O‘zbekiston 9 oyda 135,9 mingta televizor eksport qilgan
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijga qiymati 23,4 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 135,9 mingta televizor eksport qilgan.
Xabarda televizor eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 28,2 mingtaga oshgani aytilgan.
O‘zbekistondan eng ko‘p televizor import qilgan davlatlar ro‘yxatini Rossiya boshqarmoqda. Masalan, o‘tgan to‘qqiz oyda Rossiya O‘zbekistondan jami 73 mingta televizor import qilgan. Bundan tashqari, mamlakatimiz Ozarbayjonga 40,5 mingta, Qozog‘istonga 12,8 mingta, Tojikistonga 2,7 mingta, Turkmanistonga 2,2 mingta, Qirg‘izistonga 1,6 mingta va Armanistonga 1,2 mingta zamonaviy televizorlar eksport qilgan.