O‘zbekiston 3,7 ming tonna limon eksport qildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning 10 oyida 12 davlatga qiymati 3,8 million dollarlik 3,7 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston Rossiyaga 2,2 ming tonna, Qozog‘istonga 1,2 ming tonna, Qirg‘iz Respublikasiga 380 tonna, Ukrainaga 2,4 tonna, Afg‘onistonga 2,2 tonna eksport qilgan.
Xorijga eng ko‘p Toshkent viloyati – 1,2 ming tonna, Farg‘ona viloyati – 984 tonna, Namangan viloyati – 249 tonna, Buxoro viloyati – 210 tonna limon eksport qilgan.
O‘zA