O‘zbek tilida intertekstuallik tadqiqi
Mahfuzaxon Farhodjon qizi XOMIDOVA doktorant Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston mahfuzaxon.xomidova@mail.ru ORCID ID: 0000-0002-3559-0448
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek tilshunosligida intertekstuallik hodisasining tadqiq etilishi va bu borada olib borilgan ilmiy izlanishlar tahlil qilingan. Intertekstuallik nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi turli olimlarning qarashlari asosida yoritilib, matnlararo aloqaning lingvistik, pragmatik hamda lingvokulturologik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, intertekstuallik tushunchasining ilmiy talqini, uning matn tahlilidagi o‘rni hamda intertekstual birliklarning vazifasi turli tadqiqotchilar fikrlari bilan solishtirib tahlil qilingan. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida intertekstuallikni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ishlar, ularning metodologik yondashuvlari hamda ilmiy xulosalari umumlashtirilgan.
Tayanch so‘zlar: o‘zbek tilshunosligi, adabiyotshunoslik, intertekstuallik, antroposentrizm, badiiy matn, allyuziya.