O‘zbek maqomi O‘mon Sultonligida yangradi
O‘monning madaniyat sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Bayt Az-Zubayr” xususiy jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “So‘fiy musiqasi” festivalida O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva ham ishtirok etdi. Anjumanda mahalliy va xorijiy davlatlar so‘fiyshunos olimlari, xonandalar, yetakchi madaniyat arboblari ishtirok etdi.
O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva o‘z konsert dasturida Alisher Navoiy, Fuzuliy, Furqat g‘azallariga bastalangan ashulalarini kuyladi. O‘zbek maqom san’atining yetuk namoyandasi ijrosidagi qo‘shiqlar muxlislarda beqiyos taassurot qoldirdi.



Ijodiy safar davomida Masqatdagi vatandoshlar bilan uchrashuv ham tashkil qilindi.
M.Pirmatova, O‘zA