O‘zbek boksi tarixidagi eng katta tarkibli terma jamoa
Osiyo chempionatiga jo‘nab ketdi
Kattalar o‘rtasidagi terma jamoa a’zolari boks bo‘yicha Belgradning Safiya shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan bo‘lsa, 25 fevral kuni o‘smirlar va yoshlar terma jamoasi Iordaniyaga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 1-14 mart kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi.

Mazkur chempionatda mamlakatimiz yosh bokschilari 4 ta tarkibda qatnashishi belgilangan.
Yoshlar terma jamoasidagi o‘g‘il bolalar tarkibi 13 nafardan, yosh qizlar jamoasi 11 nafardan, o‘smir o‘g‘il bolalar 13 nafar hamda o‘smir qizlar jamoasi 12 nafardan iboratligi nazarda tutilsa, O‘zbekiston boksi tarixida ilk bor terma jamoa a’zolari qit’a chempionatida qatnashmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA