Ozarbayjon – Shveysariya savdo aylanmasi kengayadi
Shveysariya federal kengashining ”trend.az“ axborot agentligiga bergan maʼlumotiga koʻra, Ozarbayjon va Shveysariya ikki tomonlama savdo aylanmasini kengaytirish yoʻlida qulay imkoniyatlarga ega.
Shveysariya federal kengashining ”trend.az“ axborot agentligiga bergan maʼlumotiga koʻra, Ozarbayjon va Shveysariya ikki tomonlama savdo aylanmasini kengaytirish yoʻlida qulay imkoniyatlarga ega.
Ikki mamlakat oʻrtasida savdo almashinuvi 2017 yil hisobiga koʻra, 200 million dollarni tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkich avvalgi yillarga nisbatan past. Boisi, ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari mamlakatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasini oshirish uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda.
Agentlikning keltirishicha, federal kengash Ozarbayjonda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, neftdan holi tarmoqlarni takomillashtirish yoʻlida yirik islohotlar amalga oshirilayotgani, mamlakat kelgusida eksportni, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sohasidagi eksportni yanada kengaytirish niyatida ekanini maʼlum qilgan.
Shuningdek, xabarda ikki mamlakat oʻrtasidagi biznes delegatsiyalar almashinuvi va hukumatlar doirasidagi kelishuvlar xususiy tarmoqning rivojlanishiga zamin yaratishi qayd etilgan.