O‘zAda xalqaro kuzatuvchi bilan uchrashuv
Ispaniyaning Yevroosiyoni o‘rganish markazi rahbari, “Diario Arbat” elektron nashri muharriri, O‘zbekiston-Ispaniya aloqalarini rivojlantirish uyushmasi raisi Fernando Manuel Moragon mamlakatimizda ko‘p bo‘lgan.
-Har safar go‘zal mamlakatingizga kelganimda yangidan uni kashf etaman. Bunyodkorlik to‘xtamayotgani, yurtingiz yildan yilga obod bo‘lib borayotganiga guvoh bo‘laman, dedi ispaniyalik mehmon.
Fernando Manuel Moragon bu safar yurtimizga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovlarida kuzatuvchi bo‘lib kelgan.
-Kecha bir necha saylov uchastkalarida bo‘ldim, ularning faoliyati yuqori darajada tashkil etilgani va saylovchilarning faolligini ko‘rib quvondim. Har uchastkada bayram kayfiyati hukmron edi. Saylovchilar kichik yoshdagi farzandlari bilan ovoz berishda ishtirok etishdi. Murg‘ak qalblarga fuqarolik burchi singdirilayotgani alohida tahsin loyiq, deb qayd etdi xalqaro kuzatuvchi.
Uchrashuv davomida O‘zA bilan “Diario Arbat” elektron nashri o‘rtasida axborot almashishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
O‘zA