O‘z tilini yo‘qotgan millat millat hisoblanmaydi (+video)
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ijodkorlarimiz tomonidan turkum maqolalar tayyorlanib, olimlar, o‘qituvchilar, ziyolilarning vakillari – tilimiz jonkuyarlari bilan suhbatlar uyushtirilmoqda.
O‘zA muxbirining taniqli o‘zbek adabiyotshunos olimlaridan biri Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan video suhbatida o‘zbek tilining rivojlanishi yo‘lidagi jiddiy muammolar, kamchiliklar hamda ona tilimizning yanada ravnaq topishi uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan eng muhim ishlar to‘g‘risida so‘z boradi.
Quyida ushbu suhbatni e’tiboringizga havola qilayapmiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zMk1zg29ZWE" title="O‘z tilini yo‘qotgan millat millat hisoblanmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Taniqli adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshevning mulohazalari kishini o‘ylashga chorlaydi. Suhbatdoshimizning ayrim fikrlarini o‘z yurtini, ona tilini jondan ortiq sevadigan bir vatanparvar, fidoyi insonning jonkuyarligi, kuyinchakligi sifatida qabul qilish lozim, deb o‘ylaymiz.
Haqiqatdan ham ona tili millatning birinchi belgilaridan biridir. Tilimizning sofligini ta’minlash, uning rivojlanishi uchun jon kuydirish nafaqat olimlarning, balki butun jamoatchilikning ishidir.
Keyingi yillarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini to‘liq ta’minlash borasida davlatimiz tomonidan juda keng miqyosda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu sa’y-harakatlar tobora amaliy tus olmoqda.
Biroq hali bu borada qiladigan ishlarimiz ko‘p. Shunday ekan, xalqimizning har bir kattayu kichik vakili, ayniqsa, yoshlarimiz tilimizning sofligi, qamrovi kengligini ta’minlash uchun kurashishi darkor. Zero, o‘zbek tili millatning ruhini belgilaydi. U xalqni birlashtiradi.
Sardor Poyonov, Nishonboy Abduvohidov (video), O‘zA