Oyzoda yaratgan liboslar
Yosh hunarmand Oyzoda Seytiboyeva zamonaviylik va milliylikni uyg‘unlashtirgan holda yaratayotgan liboslar xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
Yosh hunarmand Oyzoda Seytiboyeva zamonaviylik va milliylikni uyg‘unlashtirgan holda yaratayotgan liboslar xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.Nukus maishiy xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot kollejini modelyer-dizayner yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan Oyzoda ayni paytda o‘zi tashkil etgan tikuv sexida ikki nafar tengdoshi bilan tikish-bichish, kashtachilik ishlari bilan mashg‘ul. Shuningdek, “ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘z hunarini yoshlarga o‘rgatmoqda.