Öynab gapirsang ham öylab gapir
Ijtimoiy tarmoqlarga bir nazar
Bugungi kunda köpçilik gazeta, kitob öqimasligi, televizor körmasligi yoki radio eşitmasligi mumkindir, ammo ular albatta ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib borişadi. Çunki hozir qariyb barçaning qölida mobil telefon bor.
Bir paytlar odamlar avtobus, metro va taksilarda kundalik gazeta, jurnal yoki kitoblarni öqişgan bölişsa, ayni paytda 90 foiz yölovçilar mobil telefonlarini kuzatiş bilan band.
Hozir juda köp yurtdoşlarimiz feysbuk, instagram, yutub kanallariga öz “post”larini qöyib borişadi yoki qöyilgan postlarga “şarh” lar yozişadi. Kamina ham bir neça yillardan buyon ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib boraman. Özim ham asosan feysbug kanaliga öz şeʼrlarim va maqolalarim bilan qatnaşib turaman.
Feysbukdagi şeʼr, hikoya (baʼzan qissa va romanlarga ham közim tuşib qoladi), maqola, luqma va şarhlarni imkon darajasida öqib boraman.

Meni köpinça post qöyuvçilarning ayrimlari grammatik xatolarga yöl qöyişlari taşvişlantiradi. Hatto ularning orasida taniqli şoir, yozuvçi hamda jurnalistlar ham bor. Töğri, ular bu xatolarga grammatikani bilmasliklaridan emas, balki şoşma-şoşarlik tufayli yöl qöygan bölişlari mumkin. Lekin ularning yozganlarini ikki-uçta emas, minglab odamlar öqiydi. Birinçidan, bu xatolar tufayli muallif köpçilik içida öz obrösiga putur yetkazsa, ikkinçidan, ular tarmoq kuzatuvçilariga, qolaversa, ona tilimizga nisbatan hurmatsizlik qilgan bölişadi. Uçinçidan esa, köpçilik bundan ranjiydi, kayfiyatlari buziladi. Şuning uçun kanalga post qöyganlarida iştirokçilardan masʼuliyatli va eʼtiborli böliş talab etiladi.
Bundan taşqari, baʼzilar hali pişib, maromiga yetmagan şeʼr, hikoya va maqolalarini kanalga qöyişadi. Bu bilan ular kanal öquvçilarining mehr, eʼtiboriga sazovor böliş örniga, ularning ixloslarini qaytarib qöyganlarini bilmay qolişadi. Buni xalqimizning “onangni otangga bepardoz körsatma” degan naqli ham isbotlab turibdi. Ammo şu saviyasiz postlarga ham köplab bosilgan layk, maqtab yozilgan şarhlarni körib, yurakda oğriq turadi.
Kanal iştirokçilarining ayrimlari esa gohida uyat, andişani ham unutib qöyişadi. Oğziga nima kelsa, şuni yozişadi. Axir, ijtimoiy tarmoqlarni minglab yurtdoşlarimiz kuzatib borişadi. Ularning orasida ayollar ham, yoşlar ham köpçilikni taşkil etadi. Axir ulardan ozgina bölsa-da, uyaliş, tortiniş kerak emasmi? Şu örinda uluğ şoirimiz Alişer Navoiy hazratlarining quyidagi sözlari yodga tuşadi:
Oldiga qöyganni yemoq hayvonning işi,
Oğziga kelganni demoq nodonning işi.

Axir özbek oilasida ulğayib, tarbiya körgan kap-katta kişilar qanday qilib, öz postlarida oğizga umuman olib bölmaydigan uyatli va haqorat sözlarni işlatişadi?! Axir ularning ham ota-onalari, opa-singillari, farzandlari bordir. Ular oldida uyalib, mulzam bölib qolişdan çöçimasmikanlar?
Ayrim feysbuk iştirokçilari biron kişi haqida gapirganlarida haddan darajada maqtovga zör berişadi. U odamga xos bölmagan fazilat va xislatlarni zörama-zöraki yopiştirişga harakat qilişadi. Axir kanaldagilar ham anoyi emas. Har qanday ortiqça maqtov, maddohlik ularning ğaşini keltiradi, haqiqatga soya soladi.
Baʼzilar esa hali özi yaxşi bilmagan odamni birovlardan eşitgan gapi tufayli şunçalik balçiqqa qorib taşlaydiki, hayron qolasan. Bir kun kelib u kişi oqlanib, ayblari olib taşlansa, isbotsiz ayblaganning uyalib qolişi heç gap emas, axir.
Bir kuni safarda bir kişi bilan suhbatlaşib qoldim. Suhbatimiz ijtimoiy tarmoqlarga borib taqaldi. U kişi “nima uçun feysbukka qatnaşasiz” degan savolimga “şarh yoziş uçun” deb javob berdi. Şunda “u kişining özida biron bir aniq maqsad, fikr yöq ekan” degan öyga bordim. Bu gapni faqat şu kişiga emas, köpgina iştirokçilarga nisbatan ham aytiş mumkin.

Feysbukda köpinça kasalliklarga qarşi işlab çiqilgan dorilarning reklamasiga közingiz tuşadi. Uşbu reklamalarda çiqqan şifokorlarning ayrimlari öz dorilarini maqtab, uni isteʼmol qilgan kişi albatta darddan butunlay foriğ bölişiga kafolat berişadi. Bu dorini oddiy uy şaroitida ham tayyorlaş mumkinligiga urğu berişadi. Lekin gaplarining sönggida dorini uy şaroitda tayyorlaş murakkab ekanligi, şuning uçun uni özlari labotoriyada, tabletka yoki kapsulalar şaklida tayyorlaşga majbur bölganlarini aytişadi.
Ularga qarata : “Ey oğayni, hozirgina nima deyotgandingiz, endi esa nima deyapsiz” deb hayqirging keladi. Ular gaplarining davomida agar dori kor qilmasa, öz şifokorlik maqomlaridan, yillar davomida öqib olgan diplomlaridan ham voz keçişga şay ekanlarini aytişib, qasam içişadi. Eng qiziği, ular farmatsevtika sohasi va apteka xodimlarini ayovsiz tanqid ostiga olişadi. Ularning bu borada işlab çiqarayotgan va sotayotgan dorilari faqat kasallik alomatlarini bartaraf etişda foydasi tegişini, lekin kasallikning özini davolaşga yaroqsiz ekanini aytib ötişadi.

Şunisi qiziqki, kanalda bu daʼvolarga qarşi yozilgan biron bir rasmiy munosabatni hali uçratmadim. Bundan taşqari, reklama qiluvçilar agar işlab çiqqan dorilarini aptekalarga berişsa, u yerdagilar juda qimmatga sotişlarini iddao qilişadi. Ammo ularning özlari belgilagan narxlarni ham unça-munçaning çöntagi kötarmaydi.
Albatta, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan feysbukda yuqorida keltirilgan “post” lardan taşqari, yaxşilari juda köp. Vaqti kelib, ular haqida ham söz yuritiş niyatimiz bor.
Turob NIYOZ,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi
ÖzA