Oyiga yigirma million so‘m daromad (+video)
Iste’dod, xohish va intilish. Ushbu jihatlarni o‘zida mujassam eta olgan har qaysi yosh, nafaqat ilmda, zakovatda, balki o‘z iqtidori orqali boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishishi muqarrar.
Davronbek Mirazahmadov Namangan shahridagi 1-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi. U darslardan bo‘sh paytlarida tog‘asi bilan birgalikda tashkil etgan ishlab chiqarish sexida baliq yetishtirish maydonlariga mo‘ljallangan ayerator uskunasini yasab, sotishni yo‘lga qo‘ygan.

Baliqchilik xo‘jaliklaridagi suv havzalarini intensivlashtirish jarayonida ayerator moslamasi asosiy vosita hisoblanib, ikki barobar hosildorlikka erishishda yordam beradi.

Yevropa andozasi asosida yiliga 600 dona ishlab chiqarilayotgan ushbu mahsulotga nafaqat respublikamiz bo‘ylab, balki qo‘shni Qozog‘iston va Tojikiston mamlakatlarida ham talab yuqori.
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/3mS4L9Szbs0" title="Oyiga yigirma million so`m daromad" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Yosh tadbirkor mazkur qurilma orqali oyiga 20 million so‘mdan ziyod mablag‘ topmoqda va kelgusida yo‘nalishni kengaytirib, o‘ndan ortiq ishchi o‘rni yaratishni maqsad qilgan.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA