Ovoz berish jarayonlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda
Namangan viloyatining Yangi Namangan tumani 119-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
– Mazkur uchastkada 2385 nafar saylovchi mavjud, - deydi uchastka raisi Dilfuza Qayumova.
[gallery-4386]
– Ulardan 14 nafari nogiron saylovchilar, 5 nafari harakatlanishda nogironligi bor, 8 nafari ko‘zi ojizlar, 1 nafari eshitishda nogironligi bor, 11 nafari esa 70 yoshdan yuqori yoshdagilarni tashkil etadi. 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan saylovchilar 724 nafar.
Bemor, keksa fuqarolar hamda boshqa sabablarga ko‘ra uyida ovoz berish istagini bildirgan saylovchilar huzuriga uchastka saylov komissiyasi a’zolari ko‘chma saylov qutisi bilan tashrif buyurmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA